Binance Smart Chain (BSC) haqida nimani bilish kerak

Eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance yaqinda aqlli shartnomalarga moslashtirilgan o'zining blokcheynini yaratdi: Binance Smart Chain (BSC). BSC - bu eng yangi blokcheyn protokoli. Bugungi kunda u tezkor tranzaksiyalari hamda past o‘tkazma to‘lovlari tufayli foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qiladi. BSC haqiqatan ham yangi ilovalar yaratish uchun platformalarni qidirayotgan markazlashtirilmagan dastur ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan.